SportUz.Net muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova qo'lqopsiz janglar bo'yicha o'zbekistonlik taniqli sportchi SHahobiddin Egamov bilan intervyu uyushtirdi.
SHahobiddin suhbat davomida futbol o'ynagani uchun dadasi urishmasin deb, boksga borgani, pul berib jang qilgani, ishlayotgan joyidan haydab yuborishgani, Olimpiada armon bo'lib qolgani va qo'li singanida hammasi tugadi deb o'ylagani haqida gapirib berdi.