
"So'nggi paytlarda o'z mavqeim haqida ko'plab savollar kelib tushmoqda. Top Rank bilan shartnomam tugagani sababli, shu yilning iyun oyidan beri erkin agentman. Top Rank'ga yillar davomida birgalikda ishlagani uchun va ular taqdim etgan barcha imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Meni kuzatib boradigan va qo'llab-quvvatlaydigan barchaga aytmoqchiman: "Ishonamanki, mening eng yaxshi janglarim hali oldinda", deb yozgan Beterbiev o'zining shaxsiy Telegram kanalida.
40 yoshli Artur Beterbiev professional boksda hozirgacha 22 ta jang o'tkazgan va 21 tasida g'alaba qozongan.