SportUz.Net
photo photo

Usik: "Umar Kremlyov, bu shunchaki bayroq ranglari emas, bu butun dunyodagi erkinlik ranglari"

01.10.2022 12:40    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Usik IBA'dan chetlatilgan Ukraina boks terma jamoasiga murojaat qildi.

Bir necha kun avval Ukraina boks terma jamoasi IBA'dam chetlatilganidan xabaringiz bor. Aleksandr Usik Instagram sahifasida Umar Kremlyov hamda Ukraina boks terma jamoasiga video murojaat yo'lladi.

"Hammaga salom. Men Evropa chempionatida Ukraina bayrog'i va madhiyasi ostida ishtirok etishi taqiqlangan boks bo'yicha Ukraina milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman.

Umar (Umar Kremlyov, IBA'ni boshqaradigan rossiyalik tadbirkor), bu shunchaki bayroq emas, bu butun dunyodagi erkinlik ranglari. Musobaqada harakat qilayotgan yigitlarimizning ruhini sindira olmaysiz. Siz bu haqda orzu ham qila olmaysiz.

Yigitlar, siz ajoyibsiz. Butun dunyoga jasorat va ruhiy kuchingizni ko'rsatganingiz uchun rahmat. Ukrainaliklar irodali. Ukrainaga shon-sharaflar!", - deya video murojaat qoldirdi Usik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: