SportUz.Net

Oliveyraning murabbiyi: "Maxachev kurashda Xabibdan yaxshiroq"

26.09.2022 18:20    


Rasmni yuklab olish

CHarlz Oliveyraning murabbiyi Alireza Noey 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan jang haqida fikr bildirdi.

"Dog'istonda faoliyat kurash bilan boshlanadi. U erda 80 % rossiyaliklar kurash tushishadi. Dzyudochilardan so'rashingiz mumkin, Dog'istonda yaxshi kurashchilar yig'ilgan. Jahon chempionlari, olimpiya chempionlari... Har bir dog'istonlik kurash tushishni biladi.

CHarlzning raqibi - Islam Maxachev kurashda juda yaxshi. O'ylashimcha, u Xabibdan yaxshiroq. CHunki u kurashchi, Xabib esa sambodan chiqqan. Maxachev ham samboda yaxshi, biroq u asli kurashchi.

Biz barcha yo'nalishlar bo'yicha ishladik, haqiqatan ham Islam CHarlzni yiqita olmaydi deb o'ylayman", - deya mutaxassisning fikrini keltiradi BloodyElbow nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: