
Musobaqada o'zbekistonlik MMA Series Ligasi sobiq chempioni Bobur Qurbonov ham ishtirok etadi. Unga rossiyalik sobiq UFC jangchisi Denis Tyulyulin raqib bo'ladi.
Jang professional qo'lqopsiz janglari qoidasi bo'yicha o'tkaziladi (2 daqiqadan 3 raund). Turnirning Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi belgilangan.
Tyulyulin 3 avgust kuni Abu-Dabidagi UFC turniri doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevdan engilgan amerikalik Sedrik Dyumaga mag'lub bo'lib, UFC'ni tark etgandi. Bobur Qurbonov esa oxirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Hardcore FC Ligasida gruziyalik Tornike Svanidzega qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Musobaqaning to'liq kardi:

IBA prezidenti Meyvezer - Pakyao revansh jangini tashkil etishga tayyorligini bildirdi