
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi qizlari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
Ushbu musobaqadan so'ng biz O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan qiziqdik.
Musobaqaning ahamiyati
Ortda qolgan musobaqa orqali noyabr oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionati oldidan qizlarimizning jismoniy holatini, imkoniyatlarini ko'rib olishi bilan ahamiyatli bo'ldi. Kuchli raqiblarga qarshi janglarni bokschilarimiz uchun yaxshi tajriba bo'ldi deya olaman.
Oldindagi rejalar
Endi 30 oktyabr - 13 noyabr kunlari Iordaniyaning Amman shahrida kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkaziladi. Ayni paytda ushbu musobaqaga jiddiy hozirlik ko'ryapmiz. Yuqorida takidlaganimdek, "Balkan" xalqaro turniri qita birinchiligiga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri bo'ldi. Osiyo chempionatiga qadar yana yig'inlarda qatnashamiz.
Musobaqadagi hakamlik
Hakamlar musobaqa davomida haqqoniy hakamlik qilishdi. Final uchrashuvida -48 va -52 kg vaznli bokschi qizlarimiz ishtirokidagi janglarda 1:2 hisobida raqiblarga g'alaba berishganini hisobga olmaganda, hakamlik yaxshi darajada o'tdi deya olaman.
Olti nokaut va bitta durang. UFC on ESPN 73 turnirining barcha natijalari bitta xabarda
PFL turnirining barcha natijalari bitta xabarda: Fedor Emelyanenkoning shogirdi chempion!
Qozog'iston bokschilari IBA Jahon chempionatidan qancha mukofot puli ishlab olishdi?