SportUz.Net
photo photo

YECHL. «Manchester Siti» — «Bavariya» o‘yiniga oid raqamlar

12.04.2023 12:00    


Rasmni yuklab olish

Chempionlar Ligasining chorak final dastlabki o‘yinida “Manchester Siti” o‘z uyida “Bavariya”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).

“Bavariya” Chempionlar Ligasida ketma-ket 8 g‘alabadan keyin ilk bor mag‘lub bo‘ldi. Oxirgi marta myunxenliklar 2022 yilning aprelida “Vilyarreal”ga qarshi chorak final mehmondagi o‘yinda (0:1) yutqazgandi.

“Manchester Siti” barcha musobaqalar doirasida qatorasiga 9-o‘yinda g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati — 34:3. So‘nggi bor “shaharliklar” 22 fevralda YECHL doirasida “Leypsig”ni yenga olmagandi (2:2).

Bu Xosep Gvardiola va Tomas Tuxel o‘rtasidagi 11-to‘qnashuv bo‘ldi. Kataloniyalik mutaxassis ketma-ket uchta o‘yinda Tuxeldan ustun keldi. Umumiy hisobda Gvardiola 7 marta nemis murabbiyini yenggan, bitta o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, uchta uchrashuvda Tomasning qo‘li baland kelgan.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand klub safida joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 45 ta gol urdi. Bu APLda harakat qiladigan futbolchi uchun rekord natija. Buning uchun norvegiyalik futbolchiga 39 ta o‘yin kifoya qildi. Bundan avvalgi rekord Muhammad Saloh (52 o‘yinda 44 gol) va Rud van Nistelroyga (53 o‘yinda 44 gol) tegishli edi.

2022 yilning yozida “Borussiya D”dan kelgan Holand ushbu mavsum APLdagi 27 o‘yinda 30 ta gol, Chempionlar Ligasidagi 7 o‘yinda 11 ta gol, Angliya Liga Kubogidagi bir o‘yinda 2 ta gol va Angliya Kubogidagi 2 o‘yinda 3 ta gol urdi.

Holand Chempionlar Ligasida umumiy miqdorda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol urdi va Gerd Myullerning (35 o‘yinda 34 gol) natijasini takrorladi. Musobaqaning mutlaq to‘purari Krishtianu Ronaldu hisoblanadi (183 o‘yinda 140 ta gol).

Qayd etish kerak, Holand faoliyatida ilk bor rasmiy o‘yinda “Bavariya”dan ustun keldi. Bunga qadar 7 marta mag‘lubiyatga uchragandi. Futbolchi 8 o‘yinda Myunxen klubi darvozasiga 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: