SportUz.Net
photo photo

«The Best». Messi, Mbappe va Benzema so‘rovnomada qancha ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi

28.02.2023 07:31    


Rasmni yuklab olish

FIFAning 2022 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada futbolchilar qancha ovoz to‘plagani e’lon qilindi.

«The Best» sovrinini qo‘lga kiritgan Lionel Messi 52 ochko to‘pladi va ikkinchi o‘rindagi Kilian Mbappeni 8 ochkoga ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinni band etgan Karim Benzema esa 34 ball bilan kuchli uchlikka kirdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Luka Modrich va Erling Xoland mos ravishda 28 va 24 ballga ega bo‘lishgan.

«The Best» so‘rovnomasi yakunlari:

1. Lionel Messi (Argentina, «PSJ») – 52 ochka.
2. Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ») – 44;
3. Karim Benzema (Fransiya, «Real Madrid») – 34;
4. Luka Modrich (Xorvatiya, «Real Madrid») – 28;
5. Erling Xoland (Norvegiya, «Manchester Siti»/«Borussiya» Dortmund) – 24;
6. Sadyo Mane (Senegal, «Bavariya»/«Liverpul») – 19;
7. Xulian Alvares (Argentina, «Manchester Siti»/«River Pleyt») – 17;
8. Ashraf Hakimiy (Marokash, «PSJ») – 15;
9. Neymar (Braziliya, «PSJ») – 13;
10. Kevin de Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti») – 10;
11. Vinisius Junior (Braziliya, «Real Madrid») – 10;
12. Robert Levandovski (Polsha, «Barselona»/«Bavariya») – 7;
13. Jud Bellingem (Angliya, «Borussiya» Dortmund) – 3;
14. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul») – 2.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: