SportUz.Net
photo photo

Mahmud Muradovning raqibi haqida nimalar bilamiz? Dog'istonda tug'ilib, Germaniyada muhojir bo'lgan Abusupyan Magomedov!

31.01.2023 19:34    


Rasmni yuklab olish

Muhmud Muradov 11 mart kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC Fight Night musobaqasi doirasida dog'istonlik Abusupyan Magomedovga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Bungacha sportchilar 2022 yilning sentyabr oyida o'tkaziladigan UFC turnirlardan birida jang qilishlari lozim edi. Biroq, Mahmudda viza bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganligi sabab, ushbu to'qnashuv amalga oshmay qolgandi. 

Mana endi UFC yana bir bor ushbu to'qnashuvni amalga oshirishga urinib ko'radi. Saytimiz xodimi Nig'monxo'ja Nozimov Mahmudning bo'lajak raqibi Abusupyan Magomedov haqidagi malumotlarni taqdim etgandi. Ushbu arxiv materialni yana bir marotaba etiboringizga havola qilamiz. 


Abusupyan Magomedov aslida kim?

Abusupyan Magomedov 1990 yilning 2 sentyabr sanasida Dog'istonda tug'ilgan.

Ajoyib va har xil uslublarda raqiblarini nokaut qiladigan jangchi. Rossiyadan Germaniyaga ko'chib o'tgan. PFL 2018 Gran-prisi finalchisi.

Abusupyan Magomedov 1990 yilning 2 sentyabr sanasida Dog'istonda tug'ilgan. Abusning yoshligi tog'li Dog'istonda o'tgan. Barcha dog'istonlik bolalar singari Abusupyan ham yoshligidan kurashga qiziqqan. Kurashdagi ilk qadamlarini Ullubiya Salavat qo'l ostida o'rgangan. Ustozining gaplariga qaraganda, bolakay hech qachon ortga chekinmagan va doim oxirgacha kurashgan. Parterda yaxshi kurash tushishiga qaramay, Magomedov boksni ham yaxshi ko'rgan. Ammo, Dog'istonda boksga etibor yaxshi emasdi. Uning boksga o'tishiga esa oilasining Germaniyaga ko'chib ketishi sabab bo'lgan. Abusupyan tezda Evropaning markaziga ko'nikdi va u erda kikboksing bilan shug'ullanishni boshladi. Bu esa tez orada o'z samarasini berdi. 

U 20 yoshida MMAda debyut qildi. Abus dastlabki sakkizta jangida g'alaba qozondi. SHundan so'ng unga kuchli promoushenlar qiziqish bildira boshladi. Biroq to'qqizinchi jangida u SHtalga qarshi oktagonga ko'tarildi va mag'lub bo'ldi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Abusupyan Magomedov yanada kuchli bo'lib qaytdi. U bir nechta yaxshi janglarda ishtirok etdi. Orada mag'lubiyatlar ham bo'ldi, biroq mag'lubiyatida ham ajoyib harakatlari evaziga muxlislar mehrini qozondi. SHundan so'ng, 2018 yilda dunyoning eng kuchli beshta promoushenlari qatoridan o'rin olgan PFL bilan shartnoma imzoladi. PFL Gran-prisining finaliga qadar etib bordi va finalda Luis Teylorga mag'lub bo'ldi.

SHundan so'ng Abusupyan Magomedov ikkita jangda ishtirok etdi va 2021 yilda UFC bilan shartnoma imzoladi. Lekin UFC'da debyut qilish uchun ham unga deyarli ikki yil kerak bo'ldi. CHunki uning Jerald Mirshert (Mahmud Muradovni mag'lub etgan jangchi) va Aliasxab Xizrievga qarshi janglari malum sabablarga ko'ra bekor bo'ldi. Hatto, uning 5 iyun kuni "Yil nokauti sohibi" Xoakin Bakli bilan jangi ham bekor qilindi. SHundan so'ng Mahmud bilan sentyabr oyida jang qilishi lozim edi. Biroq, Parij mezbonlik qilgan UFC turnirida u Mahmud bilan emas, germaniyalik Dastin Stolcfusga qarshi jang qildi va raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.  

Endi Abusupyan Magomedov mart oyida AQSHda hamyurtimiz Mahmud Muradovga qarshi oktagonga ko'tariladi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: