«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya kubogi 1/16 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Peys de Kassel» klubiga qarshi o‘yinda (7:0) 5ta gol muallifiga aylandi.
Fransiyalik futbolchining ushbu musobaqa doirasidagi jami gollari soni 29taga yetdi. Bu orqali Mbappe turnir rekorini takrorladi. Buning uchun Kilianga 25ta o‘yin yetarli bo‘ldi.
Fransiya kubogida, shuningdek, Jan-Pyer Papen («Marsel» va «Bordo» safida) ham 29ta gol urgan.
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum