SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonda yilning eng yaxshilari aniqlandi!

23.12.2022 20:34    


Rasmni yuklab olish

Bugun O'zbek sportida 2022 yilning eng yaxshilari aniqlandi.

Biroz avval "Milliy sport mukofoti-2022" taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda bir qancha yo'nalishlarda o'zbek sporti rivojiga hissa qo'shgan insonlar hamda sportchilar, shuningdek murabbiylar munosib taqdirlanishdi.

Nominaciyalar bo'yicha aniqlangan g'oliblar:

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G'anieva (Boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempioni);

Yil kashfiyoti: SHarifa Davronova (Engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida ikki karra Osiyo va bir karra Jahon chempioni, Islom birdamlik o'yinlari g'olibi);

Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo'lat Hidoyotov (Sport kurashlari);

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustam Ablyalimov (Velosport);

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (Parasuzish, Islom birdamlik o'yinlari g'olibi);

Yilning eng yaxshi parasport murabbiyi: Bobur Qo'ziev (Parataekvondo);

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (Parataekvondo, paralimpiya o'yinlari g'olibi, jahon chempioni);

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi:  Server Ibragimov (para o'q otish, jahon chempionati bronza medali sohibi);

Matonat ramzi nominaciyasi g'oliblari:  Rustam Mehmonov ("Matonat futbol" nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi) va Bahtiyor Rajabov (Futbol bo'yicha nogiron-amputantlar terma jamoasi fahriysi);

Yilning eng yaxshi parasport klubi: Sport kurashlari klubi;

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: olamsport.com sayti bosh muharriri Kamoliddin Alimooooovvvv;

Eng faol sport targ'ibotchisi: Timur Nizaev ("Pravda Vostoka" gazetasi);

Eng yaxshi matbuot xizmati: Vitaliy Judro (Engil atletika);

Olimpizm targ'iboti yo'lidagi uzoq yillik xizmati uchun:  Anvar Avazxo'jaev;

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og'ir atletika terma jamoasi;

Eng yaxshi federaciya:  O'zbekiston shaxmat federaciyasi;

Sport tadbirlarini o'tkazish bo'yicha eng yaxshi tashkilotchi:  O'zbekiston yilqichilik va ot sport federaciyasi;

Sport soxasidagi ko'p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, "O'zbekiston iftihori" fahriy unvoni sohibi);

Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo'shgan hissasi uchun:  Nig'matilla Yo'ldoshev (O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori);

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun: Tanzila Narbaeva (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbari);

Yoshlarni sog'lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O'zbekiston futbol assosiaciyasi rahbari);

Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya Kengashi;

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo);

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (Taekvando bo'yicha jahon chempioni);

Eng yaxshi erkak sportchi: Muzaffarbek To'raboev (Dzyudo bo'yicha jahon chempioni).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: