SportUz.Net

«Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yangi reytingi: Messi Mbappedan yetakchilikni tortib oldi

12.12.2022 23:31    


Rasmni yuklab olish

Buyuk Britaniyaning Goal nashri 2023 yilgi «Oltin to‘p» uchun ehtimoliy nomzodlarning reytingini yangiladi.

Jahon chempionatida samarali o‘yin namoyish etayotgan Lionel Messi bu safar 1-o‘ringa qo‘yildi. 30 noyabr kungi reytingda argentinalik o‘yinchi 2-pog‘onani egallab turgandi.

Kilian Mbappe esa ikkinchi o‘ringa tushgan bo‘lsa, Neymar uchinchi pog‘onani Xolandga bo‘shatib berdi.

Bu galgi top-20 reytingga uch nafar yangi futbolchilar kirgan: Antuan Grizmann (10), Luka Modrich (14) va Ashraf Hakimiy (16).

Top-20 lik bilan tanishing:

1 (2 — avvalgi o‘rni). Lionel Messi («PSJ»)
2 (1). Kilian Mbappe («PSJ»)
3 (4). Erling Holand («Manchester Siti»)
4 (3). Neymar («PSJ»)
5 (5). Robert Levandovski («Barselona»)
6 (6). Vinisius Junior («Real Madrid»)
7 (7). Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»)
8 (8). Muhammad Saloh («Liverpul»)
9 (9). Xvicha Kvarasxeliya («Napoli»)
10 (yangi). Antuan Grizmann («Atletiko»)
11 (11). Bukayo Saka («Arsenal»)
12 (10). Jamal Musiala («Bavariya»)
13 (13). Jud Bellinghem («Borussiya» D)
14 (yangi). Luka Modrich («Real Madrid»)
15 (12). Kodi Gakpo («PSV»)
16 (yangi). Ashraf Hakimiy («PSJ»)
18 (19). Federiko Valverde («Real» Madrid)
17 (16). Harri Keyn («Tottenhem»)
18 (19). Fil Foden («Manchester Siti»)
19 (17). Rafael Leau («Milan»)
20 (20). Karim Benzema («Real»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: