
Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining 1-turida Gana bilan to‘qnash kelib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Krishtianu Ronaldu 88-daqiqada zaxiraga olindi.
Portugaliyalik futbolchi uchun mazkur o‘yin faoliyatidagi beshinchi JCHda bahsi bo‘ldi. Shuningdek, 37 yoshli futbolchi hisobida 5ta Yevropa chempionatidagi ishtirok ham bor.
Ronaldu – terma jamoa safida 10ta yirik musobaqada ishtirok etgan yevropalik ilk futbolchiga aylandi. Krishtianu ishtirok etgan yirik musobaqalar:
Yevro-2004;
JCH-2006;
Yevro-2008;
JCH-2010;
Yevro-2012;
JCH-2014;
Yevro-2016;
JCH-2018;
Yevro-2020;
JCH-2022.
Jeyk Polning o'tkazib yuborilgan zarba oqibatida jag'i sinib ketgani aytilmoqda + FOTO
"Agar sen chindan ham yomon bola bo'lsang" - Jeyk Pol Tayson Fyuriga "vyzov" tashladi