SportUz.Net
photo photo

Kilian Mbappe Chempionlar ligasida Messining rekordini yangiladi

03.11.2022 15:31    


Rasmni yuklab olish

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida kechgan «Yuventus»ga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Bu fransiyalik futbolchi uchun musobaqadagi 40-gol bo‘ldi. Kilian ushbu natijaga erishgan Chempionlar ligasidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Mbappe o‘yin kuni 23 yosh-u 10 oy va 13 kunlik edi.

Kilian bu borada jamoadoshi Lionel Messining rekordini yangiladi. Argentinalik futbolchi «Barselona» safida 24 yosh-u 4 oy va 8 kunlik vaqtida musobaqadagi 40-golini urgandi.

Messi o‘zining 40-to‘pini 2011 yilning 1 noyabr kuni kiritgandi. Mbappe esa oradan roppa-rosa 11 yil o‘tib, 2022 yilning 2 noyabr kuni ushbu dovonni zabt etdi.

Mbappe joriy mavsum Parij jamoasi safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 5 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: