Bugun turnirga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda turnirning asosiy kardida ishtirok etuvchi jangchilar jurnalistlar bilan qisqacha muloqot qilishdi.
UFC yulduzlari tadbirga turlicha ko'rinishda kelishdi. SHon O'Melli arabcha libosda kelgan bo'lsa, chempion Aljemeyn Sterling o'zining tilla tishlarini maqtanib ketdi. Beneil Dariush esa farzandi va rafiqasi bilan birga keldi.
Braziliyalik CHarlz Oliveyra esa original tarzda tadbirga kirib keldi - u do'stlari bilan birga anjumanda qatnashdi. Uning do'stlari ham sochlarini CHarlz kabi bo'yab olgani etiborga molik.
Tadbirdan suratlarni tomosha qiling.
FOTO: Aziz To'xtamurodov, Abu Dabi.
Mutlaq jahon chempioni Keti Teylor etti vazn chempioniga qarshi trilogiyada ringga ko'tarildi
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi