O‘zbekiston professional futbol ligasi Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini ma’lum qildi.
«Paxtakor» futbolchisi Hojiakbar Alijonov sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Alijonov sentyabr oyida 2 o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ushbu sovrin uchun, shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi: Dilshod Saitov («Nasaf»), Yovan Jokich («Navbahor») va Marko Stanoyevich («Nasaf»).
Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgandi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi