«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turida «Makkabi»ga qarshi kechgan bahsda (3:1) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
23 yoshli Kilian YECHLda ketma-ket oltita o‘yinda gol urgan ilk fransuz futbolchisiga aylandi. Bu oraliqda futbolchi 8 ta to‘p kiritishga erishdi.
Bu Mbappe uchun «PSJ» safida mazkur musobaqa doirasidagi 30-gol bo‘ldi. Kilian bu borada Edinson Kavanining rekordini takrorladi.
YECHLda «PSJ» safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingida keyingi o‘rinlarda Neymar va Zlatan Ibrahimovich (20 tadan gol) bormoqda.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi