SportUz.Net

Messi YECHLda o‘tkazgan mavsumlari bo‘yicha Ronaldu va Giggzga yetib oldi. Faqat bir futbolchi undan oldinda

07.09.2022 22:31    


Rasmni yuklab olish

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida kechgan «Yuventus»ga qarshi o‘yinda (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Argantinalik hujumchi YECHLdagi 19-mavsumini o‘tkazmoqda. «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va mankunianliklarning sobiq vingeri Rayan Giggz ham nufuzli musobaqada xuddi shuncha mavsum o‘tkazgan.

Faqatgina «Real» va «Portu»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Chempionlar Ligasida 20 ta mavsum qatnashgan.

Lionel Messi Chempionlar Ligasida 125 ta golga mualliflik qilgan. Ronaldu 140 ta gol bilan undan oldinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: