SportUz.Net
photo photo

Benzema Raulni ortda qoldirdi

11.08.2022 06:00    


Rasmni yuklab olish

UEFA superkubogi sovrini uchun kechgan "Real" va "Ayntraxt" jamoalari o‘rtasidagi bahsda madridliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi (2:0). "Qirollik klubi"ning gollaridan biri Karim Benzema hisobiga yozildi.

Fransiyalik futbolchining "Madrid" safida urgan gollari soni 324taga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u jamoa afsonasi Raulni ortda qoldirib, to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Klub tarixidagi eng yaxshi bombardir Krishtianu Ronaldu hisoblanadi (450 gol).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: