Transfermarkt internet portali Qirg‘iziston premyer-ligasida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar Qirg‘iziston chempionatida faoliyati olib borayotgan o‘yinchilarning taxminan 10 foizini tashkil qilishadi. Ular orasida 3 nafar futbolchi 175 ming yevro narx bilan eng qimmat o‘yinchilar bo‘lib turishibdi: Azamat Abdullayev, Otabek Haydarov (ikkisi — «Neftchi»), Temur Tolipov («Dordoy»).
Dostonjon Rashidov («Nur-Batken»), Shohruhbek Murodov («Kag‘anat») va Dadaxon Yusupov («Abdish-Ata») 150 ming yevroga baholangan.
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida