Osiyo futbol konfederasiyasi OCHL-2022 guruh bosqichida o‘z chizig‘ida eng yaxshi harakat qilgan futbolchilarni e’tirof etmoqda. "Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoyevich eng yaxshi yarim himoyachilardan biri deb topildi.
Serbiyalik guruh bosqichida 6 o‘yinda 3 ta gol urdi, 10 ta xavfli vaziyat yaratdi va 47 ta pozision kurashda raqiblaridan ustun keldi.
Marko bilan birgalikda Salmon Al-Faraj ("Al-Hilol"), Kleyton ("Kitchi"), Navaf Al Abd ("Ash-SHabab"), Bruno Lamas ("Tegu"), Ahmed Jaxux ("Mumbay Siti"), Yusuke Matsuo ("Urava Red Daymonds"), Patompxon Charoenrattanapirom ("Patxum Yunayted") kabi futbolchilar eng yaxshi yarim himoyachilar guruhidan o‘rin olishgan.
Bundan san oldinroq Husniddin Aliqulov ham OCHL guruh bosqiching eng yaxshi himoyachilaridan biri deb topilgan edi.
«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi