SportUz.Net
photo photo

APL. Eng ko‘p gol urgan jamoalar reytingi

17.07.2022 00:00    


Rasmni yuklab olish

Ko‘pchilikni qiziqtiradigan mavzu: APLda qaysi klublar samaradorlik, ya’ni umumiy gollar soni bo‘yicha oldinda?

Quyidagi maqolada chempionat tanaffusidan foydalanib, aynan gollar statistikasi bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi, shuning barobarida Angliya jamoalarining eng qimmatbaho xaridlarini esga olindi. Demak, quyida APLning eng samarador 10ta klubi va ishtirokchilar safidagi eng qimmatbaho futbolchilarga nazar solamiz.

GOLLAR XIRMONI 

APL tarixida atigi 3ta jamoa 2000ta gol marrasidan oshgan. Bular - «MYU», «Liverpul» va «Arsenal». Qarang, eng samaradorlar ro‘yxatida amaldagi chempion - «Manchester Siti» yo‘q. 

10-o‘rin - «Vest Xem». Bu klub APL asosichilari qatorida emas, lekin samaradorlik bo‘yicha top-10ga bosh suqishga ulgurdi. Raqamlarda aytsak, «bolg‘achilar» liga o‘yinlarida jami 1235ta gol urishgan.

9-o‘rin - «Aston Villa». Birmingem jamoasi vaqtida bir necha yil APLdan chetda ham qolgan. 2019 yili elitaga qaytgan «Villa» hozirga qadar gollari sanog‘ini 1265taga yetkazib qo‘ydi.

8-o‘rin - «Nyukasl». Hozirda arablar ixtiyorida yayrayotgan jamoaning o‘z hayotida bir necha marta APL bilan xaylashishiga to‘g‘ri kelgan, muhimi, «hakkalar» qaytishni ham paysalga solishmagan. «Nyukasl»­ning elitadagi umumiy statistikasi - 1377ta gol.

7-o‘rin - «Everton». APL asoschilaridan biri va oliy diviziondan biror marta chetga chiqmagan jamoa. «Everton» ortda qolgan mavsumlarda jami 1491ta goldan xirmon yasadi - bu 7-yuqori natija.

6-o‘rin - «Manchester Siti». Diqqat qiling, amaldagi chempion va oxirgi mavsumlarning asosiy favoritlaridan biri samaradorlik reytingida atigi 6-o‘rinni band etib turibdi. «Shaharliklar»ga tegishli «xalta»da 1658ta gol bor.

5-o‘rin - «Tottenxem». APL­ga asos solinganidan buyon uni tark etmagan yana bir klub. «Taqachilar» ayni payt 1745ta gol bilan 5-o‘rinni band etib turibdilar.

4-o‘rin - «Chelsi». «Aristokratlar» yangi mavsumda 2000ta gol marrasidan oshsalar kerak. Har holda, ayni payt «Chelsi» hisobida 1973ta gol bor.

3-o‘rin - «Arsenal». 2017ta gol - bu 3-o‘rindagi «kanonirlar»ga tegishli natija. Hozirda «Arsenal» samaradorlar reytingida ikkinchi bo‘lib turgan «Liverpul»dan atigi 4ta golga ort­da qolmoqda.

2-o‘rin - «Liverpul». Reytingning «kumush» o‘rni hozircha «qizillar»ga tegishli - 2021ta gol. To‘g‘ri, ularning mavqelari omonat. Yurgen Klopp jamoasi «Arsenal»ni oldinga o‘tkazib yuborishni istamasa, yangi mavsumda «qamchini qattiqroq urishi» kerak.

1-o‘rin - «MYU». Mutlaq yetakchi! «Qizil iblislar» hozirda 2185ta golga egalar. Demak, «MYU»dan peshqadamlikni tortib olish oson emas.

 

BARCHASIDA 100+

Mavsum-2020|2021dan buyog‘iga qarasak, APLda atigi 2 nafar futbolchi 3ta muhim o‘yin elementi bo‘yicha 100+ natijasiga erishdi, xolos. Gap zarbalar, vaziyatlar va aldamchi harakatlar soni haqida ketmoqda. Xullas, har 3ta yo‘nalishda 100tadan ko‘p ball yiqqan futbolchilar - yaqinda «Liverpul» bilan xayrlashib, «Bavariya» safini to‘ldirgan Sadio Mane va barcha grandlar e’tiborida turgan Rafinya («Lids»)

 

ENG YAXSHI ASSISTENTLAR 

Belgiyalik Kevin de Bryuyne «Manches­ter Siti»dagi debyutini 2015|2016 yillar mavsumida nishonlagandi. U shundan buyon APL o‘yinlarida 86ta golga hammualliflik qildi. Ayni shu oraliqni olsak, assist bo‘lish bobida unga yetadigani yo‘q. Diqqat qiling, 2-o‘rinda borayotgan Kristian Eriksen «Siti» yetakchisidan naq 26ta samarali uzatma darajasida ortda qolmoqda.

21-ASR TO‘PURARLARI

Joriy asrda urilgan gollar bo‘yicha reyting tuzilsa, APL vakiliga teng keladigani topilmaydi. To‘g‘ri, Krishtianu Ronaldu 815ta golidan katta qismini Ispaniya La Ligasida nishonlagan. Lekin 21-asrning eng yaxshi to‘p­urarlari orasida APL «nonini yegan» futbolchilar yetarli. Eng qizig‘i, katta goleadorlarning kuchli 10taligida Argentina va Urugvaydan 2 nafardan futbolchi bor, ammo Braziliyadan vakil yo‘q.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: