Goal nashri Yevropa top-5 ligalaridagi 2021/22 yilgi mavsumning ramziy jamoasini e’lon qildi.
Yevropada mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy jamoadan bir nafar «Bavariya», ikki nafardan «Milan» va «Manchester Siti», uch nafardan «Liverpul» va «Real» vakillari joy olgan.
Darvozabon: Tibo Kurtua («Real»);
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk (ikkalasi ham «Liverpul»), David Alaba («Real»), Teo Ernandes («Milan»);
Yarim himoyachilar: Rodri, Kevin de Bryuyne (ikkalasi ham «Manchester Siti»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Rafael Leau («Milan»);
Hujumchilar: Karim Benzema («Real»), Robert Levandovski («Bavariya»).
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi
UFC prezidenti Xabib - Makgregor jangiga tenglashadigan qarama-qarshilik qaysi ekanligini aytdi