«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premyer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Liga rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Germaniyalik mutaxassis faoliyati davomida ikkinchi marta qo‘lga kiritdi. Birinchi marta u mazkur sovrinni 2020 yilda qabul qilgandi.
«Liverpul» Angliya chempionatining joriy mavsumda 92 ochko to‘plab, chempion «Manchester Siti»dan 1 ochko ortda qoldi. Klub Angliya kubogi va Angliya liga kubogi sovrinini qo‘lga kiritdi. Mersisaydliklar Yevropa chempionlar ligasi finaliga qadar yetib keldi va hal qiluvchi bahsda "Real" bilan to‘qnash keladi.
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi
UFC prezidenti Xabib - Makgregor jangiga tenglashadigan qarama-qarshilik qaysi ekanligini aytdi