SportUz.Net
photo photo

OCHL. Marko Stanoyevich G‘arb mintaqasida raqib darvozasiga bergan zarbalari bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi

11.05.2022 08:31    


Rasmni yuklab olish

Instat ma’lumotiga ko‘ra, «Nasaf» yetakchilaridan biri Marko Stanoyevich Osiyo chempionlar ligasi «G‘arb» mintaqasi guruh bosqichida raqib darvozasiga eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchilar orasida 2-o‘rinni egalladi - 25ta urinish, 9tasi aniq.

Faqat «Al-Duhayl» yarim himoyachisi Edmilsonda zarbalar soni ko‘proq - 29ta (13tasi aniq). «Paxtakor» safida esa eng ko‘p zarba bergan futbolchi - bu Aziz Turg‘unboyev (12ta, 4tasi aniq).

«G‘arb» mintaqasi guruh bosqichi o‘yinlarida darvozaga eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchilar:

1. Edmilson Junior («Al-Duhayl») - 29ta, 13tasi aniq

2. Marko Stanoyevich («Nasaf») - 25ta, 9tasi aniq

3. Yoxan Boli («Al-Rayan») - 21ta, 8tasi aniq

4. Ahmad Samir («Al-Vihdat») - 20ta, 6tasi aniq

5. Salim al Dovsariy («Al-Hilol») - 19ta, 7tasi aniq



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: