«Barselona» yarim himoyachisi Serxio Buskets uchun "Malyorka"ga qarshi o‘yindagi g‘alaba Ispaniya chempionati doirasida 328-g‘alaba bo‘ldi.
33 yoshli futbolchi La liga o‘yinlardagi g‘alabalar soni bo‘yicha "Real" afsonasi Raulni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Raul La ligada 327ta bahsda g‘alaba qozongan.
Buskets ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniya chempionatida o‘ynagan futbolchilar orasida kuchli beshlikka kirdi. Bu borada yuqori pog‘onalarni Andoni Subisarreta (333), Serxio Ramos (334), Iker Kasilyas (334) va Lionel Messi (363) band etib turishibdi.
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi