SportUz.Net
photo photo

Mourinyo — IFFHS versiyasi bo‘yicha XXI asrning eng yaxshi murabbiyi deb topildi (+ro‘yxat)

16.02.2021 13:30    


Rasmni yuklab olish

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) XXI asrda jahonning eng yaxshi murabbiylari reytingini e’lon qildi.

58 yoshli portugaliyalik mutaxassis faoliyati davomida «Portu» (2003/04) va «Inter» (2009/10) bilan ikki marta Yevropa chempionlar ligasi, shuningdek, «Portu» (2002/03) bilan UYEFA kubogi va «Manchester Yunayted» (2016/17) bilan Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Mourinyo 4 marta — 2004, 2005, 2010 va 2012 yillarda jahonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

O‘tkazilgan so‘rovnomada Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin esa «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson va «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola uchinchi o‘rinni band etishdi.

Arsen Venger, Karlo Anchelotti, Visente del Boske, Diyego Simeone, Didye Desham, Marselo Byelsa va Fabio Kapello kuchli o‘nlikka kirishdi.

Joze Mourinyo (Portugaliya) — 226
Yoaxim Lyov (Germaniya) — 213
Ser Aleks Fergyuson (Shotlandiya) — 183
Xosep Gvardiola (Ispaniya) — 183
Arsen Venger (Fransiya) — 181
Karlo Anchelotti (Italiya) — 165
Visente del Boske (Ispaniya) — 157
Diyego Simeone (Argentina) — 152
Didye Desham (Fransiya) — 131
Marselo Byelsa (Argentina) — 121
Fabio Kapello (Italiya) — 120
Gus Xiddink (Niderlandiya) — 112
Luis Felipe Skolari (Braziliya) — 110
Rafael Benites (Ispaniya) — 103
Marchelo Lippi (Italiya) — 100



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: