Angliya premyer-ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu eng ko‘p maosh olayotgan o‘yinchi ekani ma’lum bo‘ldi. «Manchester Yunayted» hujumchisining bir oylik maosh 2,63 mln yevroga teng, deya xabar tarqatdi "L’Equipe" nashri.
Ikkinchi pog‘onani «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne band etdi. Belgiyalik futbolchining oylik maoshi 2,06 mln yevroni tashkil etadi.
Kuchli beshlikning qolgan futbolchilari esa «MYU» a’zolaridan iborat bo‘ldi. Darvozabon David De Xea (1,93 mln yevro), yarim himoyachi Jeydon Sancho (1,85 mln yevro) va himoyachi Rafael Varan (1,62 mln yevro) keyingi pog‘onalarda qayd etilishdi.
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi