SportUz.Net
photo photo

Karyakin, Sindarov va boshqalar. Dunyoning eng yosh 10 nafar grossmeysterlari ro'yxatini bilasizmi?

22.03.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

Ular orasida o'zbekistonlik shaxmatchilar bor.

Oxirgi yillarda tezda mashhurlikka erishayotgan insonlardan biri shaxmatchilar hisoblanadi. Yosh iqtidorlarning jahonda tan olinib, grossmeyster deya atalashi aql gimnastikasining bir muncha rivojlanganini ko'rsatadi. SHu o'rinda etiboringizga dunyodagi eng yosh 10 ta grossmeysterlari haqidagi malumotlarni havola etamiz.


10. Sadxvani Raunak

 

2019 yilda to'plagan ochkolari grossmeyster normasiga to'g'ri kelib, ancha yillardan beri 10-o'rinni hech kimga bermay kelayotgan xitoylik Bu Syanchjini ortda qoldiradi. 13 yosh 9 oylik paytida dunyoda tan olingan shatranj ustasi ko'plab xalqaro turnirlarda zafar qozongan.


9.Vey I


2013 yili xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo'lgan yuksak iqtidor egasi o'sha paytda 13 yosh 8 oylik bo'ladi. U bu natija bilan hamyurtini ortda qoldiradi va reytingimizda 9-o'rinni band etadi. SHuningdek shaxmatchi 4 karra Xitoy, bir marotaba Osiyo chempioni bo'lgan.


8. Magnus Karlsen


Norvegiyalik taniqli shaxmat ustasi 2004 yil 13 yosh 4 oyligida grossmeyster bo'lgan va o'sha paytdagi ikkinchi eng yosh grossmeyster hisoblangan. Karlson 4 bor Rapid chempioni, 4 bor Blic chempioni va bir marotaba klassik shaxmat bo'yicha jahon chempionligini qo'lga kiritgan.


7. Parimarjan Negi


Hindistonlik grossmeyster 2006 yil bu nomga sazovor bo'ladi. U o'shanda 13 yosh 4 oylik bo'ladi. Afsuski 2014 yil "Stenford" universitetida tahsil olish uchun shaxmatni bir muddat tark etadi. Ammo keyinchalik musobaqalarga qaytganini malum qiladi.


6. Nodirbek Abdusattorov


Yaqindagina eng tezkor shaxmat turi - Rapid bo'yicha eng yosh jahon chempioni bo'lgan hamyurtimiz 2017 yili 13 yosh 1 oyligida dunyo bo'yicha tan olingan. U 2012 yilda 8 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida jahon chempioni bo'ladi.


5. Rameshbabu Pragnanandha 


Yana bir hindistonlik shaxmatchi 2018 yil 12 yosh 10 oyligida grossmeyster unvoniga ega chiqadi. Rameshbabu 3 marotaba yoshlar o'rtasida jahon chempioni bo'ladi.


4. Javohir Sindorov


Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov ham dunyoga mashhur shaxmat ustasi hisoblanadi. U 12 yosh 10 oyligida ushbu nomga sazovor bo'ladi. Javohir bir qancha yirik xalqaro chempionatlarida ishtirok etgan. Xususan O'zbekiston chempionligini ham qo'lga kiritgan.


3. Gukesh Dommaradju


SHaxmatning vatani hisoblangan Hindiston albatta bu sport bo'yicha tengsiz grossmeysterlarni tarbiyalaydi. Gukesh ham 12 yosh 7 oylik paytida ushbu maqomga erishadi. U Osiyo hamda jahon chempionatlarida o'z yosh toifasida bir necha bor qatnashib yuqori o'rinlarni egallagan.


2. Sergey Karyakin



Yaqin yillargacha eng yosh grossmeyster nomini hech kimga bermay kelgan Rossiya hamda Ukraina fuqarosi hisoblangan Karyakin 12 yosh 7 oyligida dunyo nazariga tushgan. SHuningdek shatranj ustasi bir necha bor jahon chempioni va jamoaviy jahon chempioni bo'lgan.


1. Abximanyu Mishra


Bir necha jabhalarda dunyoda etakchi hisoblangan Amerika bu safar ham o'z joyida qoldi. 2009-yil Nyu-Jersida tug'ilgan shaxmatchi 2021 yilda 12 yoshu 4 oyligida eng kenja grossmeyster nomini oladi. Hozirgacha uning rekordini hech kim yangilagani yo'q.


Yo'ldoshboy Ro'zmatov tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: