SportUz.Net
photo photo

«Atletiko» Simeone boshchiligida «quruq» o‘yinlar sonini 200taga yetkazdi

20.03.2022 08:00    


Rasmni yuklab olish

«Atletiko» Ispaniya La ligasining 29-turi doirasida «Rayo Valyekano» klubi mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Diyego Simeone boshchiligida madridliklarning Ispaniya chempionati doirasida gol o‘tkazmagan o‘yinlari soni 200taga yetdi. Argentinalik mutaxassis jamoani 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida himoya borasida maqtana oladigan boshqa jamoa yo‘q.

So‘nggi 11 yilda «quruq» uchrashuvlar bo‘yicha quyidagi jamoalar yetakchilar safida: «Yuventus» (183), PSJ (181), «Manchester Siti» (176).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: