«Real» hujumchisi Karim Benzema Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida bo‘lib o‘tgan «Pari-Sen Jermen»ga qarshi javob uchrashuvida o‘z hisobiga 3ta gol yozdi.
OptaJoe xabar tarqatishicha, fransiyalik futbolchi musobaqa tarixida "xet-trik" qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Karim kecha 34 yoshu 80 kunlik edi. Benzema ushbu natija bo‘yicha "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Olivye Jiruning natijasini yangiladi. Jiru 34 yoshu 63 kunlik paytida mavsum-2020/2021da "Sevilya" darvozasiga 4ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Benzema joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33ta o‘yinda ishtirok etib, 30 gol va 12 assist muallifiga aylandi.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi