"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi Angliya premyer-ligasi tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.
"Tulkilar" futbolchisi APL doirasida "Liverpul" va "Arsenal" darvozalariga kamida 8ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Bundan tashqari, Vardi 30 yoshga to‘lganidan so‘ng Premyer-ligada "gol+pas" tizimi bo‘yicha 100 ball (81+19) jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
34 yoshli Jeymi APLda bunday natija qayd etgan yettinchi o‘yinchiga aylandi. Bungacha Teddi Sheringem, Frenk Lempard, Ian Rayt, Rayan Giggz, Alan Shirer va Janfranko Dzola "qarigan" chog‘da o‘z jamoalarining 100ta golida bevosita ishtirok etishgan edi.
Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda. Tarkibda legioner ham bor