"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Lill"ga qarshi o‘yinda (5:1) raqib darvozasi to‘sinini nishonga oldi.
"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi joriy mavsumda yettinchi marta darvoza ustun yoki to‘sinini poylamoqda. Bu esa Yevropaning kuchli beshta chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi. "Brentford" futbolchisi Brian Mbemo ham shunday natija qayd etmoqda.
"Bavariya" forvadi Robert Levandovskining zarbalaridan so‘ng to‘p 6 marta raqib darvozasi to‘sini va ustunlarini silkitgan bo‘lsa, Raul de Tomas ("Espanyol"), Nabil Fekir ("Betis") va Temmi Abraxam ("Roma") besh martadan zarbalarning gol bo‘lmaganiga afsuslanishgan.
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida