SportUz.Net
photo photo

Yusupov – eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan darvozabon!

01.12.2021 10:31    


Rasmni yuklab olish

Yubiley, ya’ni, 30-milliy chempionatimiz ham o‘z yakuniga yetdi. An’anaga muvofiq, klubimizning rasmiy - pfcnavbahor.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali “Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlarini berib boramiz.

Dastlabki statistik ma’lumotni esa jamoa darvozaboni O‘tkir Yusupovga oid statistik raqamlar bilan boshlaymiz.

Yakunlangan mavsumda “lochinlar”ning 30 yoshli tajribali posboni Yusupov  Soca Cola  Superligasidagi barcha, ya’ni, 26 ta (!) bahsni to‘liq o‘tkazgan 2 nafar futbolchidan biri (“Qizilqum” darvozaboni Ignatiy Nesterov bilan birgalikda) bo‘ldi.

Mazkur 26 ta o‘yindan 12 tasida O‘tkir o‘z darvozasini “quruq” saqlay oldi va ushbu ko‘rsatkich borasida ham milliy chempionatimizdagi eng yaxshi ikki nafar darvozabondan (“So‘g‘diyona” posboni Milan Mitrovich bilan birgalikda) biriga aylandi.

Ammo shuni ham ta’kidlash joizki, Yusupovdan farqli o‘laroq, jizzaxliklarning serbiyalik posboni Mitrovich 19 ta o‘yinda mazkur natijaga erishgan. Demak, O‘tkir jizzaxlik ampluadoshidan ko‘ra, 7 ta bahs ko‘p o‘tkazgan.

Yana shuni ham aytish lozimki, “Navbahor”ning tajribali posboni “lochinlar”ning O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha – to‘rtta o‘yinida ham jamoa darvozasini qo‘riqladi hamda ushbu uchrashuvlarning ikkitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi.

Bundan kelib chiqadiki, O‘tkir Yusupov “Navbahor”ning joriy mavsumdagi barcha – 30 ta bahsida maydonda to‘liq, ya’ni, 2700 daqiqa harakat qildi va 14 ta o‘yinni “quruq” o‘tkazdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: