Fransiya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida o‘z uyida Qozog‘istonni qabul qilib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hujumchi Kilian Mbappe mazkur o‘yinda o‘z hisobiga 4ta gol yozdi.
Shu tariqa, «PSJ» forvardi Fransiya terma jamoasi tarixida so‘nggi 36 yilda rasmiy o‘yinlarda nafaqat "poker", hattoki "xet-trik" qayd etgan ilk o‘yinchiga aylandi. So‘nggi marta Dominiku Roshto 1985 yilning 30 oktyabr kuni Lyuksemburgga qarshi bahsda (6:0) uchta gol muallifiga aylangandi.
Bundan tashqari, Mbappe o‘z faoliyatida ilk marta Fransiya terma jamoasi safida ketma-ket 3ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Kilian "uchranglilar"ning so‘nggi 3ta uchrashuvida «gol+pas» tizimi bo‘yicha 9 ochko jamg‘ardi: 6ta gol va 3ta assist.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi
SHohasan Mirzamatov qirg'izistonlik sportchi bilan jang qildi va boshqacha nokaut qayd etdi
Burchagida jamoadoshi Azamat Nuftillaev bo'lgan Saydatxon Nuriddinovning jangidan FOTOGALEREYA