SportUz.Net
photo photo

IFFHS reytingi bo‘yicha Murod Xolmuhammedov Virjil van Deykni ortda qoldirdi

08.02.2021 14:30    


Rasmni yuklab olish

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federasiyasi — IFFHS 2011—2020 dekadasida eng ko‘p gol urgan himoyachilar ro‘yxatini e’lon qildi. Statistikani tuzishda milliy chempionat oliy ligasida, mamlakat kubogi bahslarida, klub miqyosidagi rasmiy xalqaro  uchrashuvlarda, milliy terma jamoa rasmiy o‘yinlaridagi urgan gollari hisoblangan.

Unga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhammedov 19-o‘rin, uzoq vaqt davomida “Metallurg” klubi sharafini himoya qilgan, bugungi kunda “Yangiyer” jamoasida faoliyat olib borayotgan Dilmurod Karimov 52-o‘rinni egallagan.

Xolmuhammedov bu borada “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk va “Real” futbolchisi Marseloni, Karimov esa “Benfika” futbolchisi Yan Vertongen va “Borussiya” himoyachisi Mats Xummelsni ortda qoldirgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: