SportUz.Net

Suares Ronaldu va Ibrahimovichning natijasini takrorladi

23.09.2021 18:00    


Rasmni yuklab olish

«Atletiko» hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi o‘yinda (2:1) 2ta gol muallifiga aylandi.

Urugvaylik futbolchi dastlabki golni 87-daqiqada urdi. Bu esa unga Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibrahimovichning natijasini takrorlash imkonini berdi.

Suares o‘ynayotgan futbolchilar orasida faoliyati davomida uchrashuvning har bir daqiqasida gol urgan uchinchi o‘yinchiga aylandi.

«Atletiko» forvardi hisobida 1-daqiqadan 97-daqiqagacha bo‘lgan har bir vaqtda kamida bittadan gol mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: