
"Vilyarreal" hujumchisi Jerar Moreno Yevropa ligasi o‘tgan mavsumi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Ispaniyalik futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda "Manchester Yunayted" vakillari — Edinson Kavani va Brunu Fernandeshni ortda qoldirdi.
Moreno Yevropa ligasining o‘tgan mavsumida 12ta o‘yinda ishtirok etib, 7 gol va 3 assist muallifiga aylandi. "Vilyarreal" esa finalda "MYU"ni penaltilar seriyasi orqali mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Xolmurod Nurmatov: "Buni mag'lubiyat demagan bo'lardim, kamida durang berilsa bo'lardi"
Abdurahmon Fozilovning LFA Ligasidagi debyut jangi sanasi va manzili malum (POSTER)