SportUz.Net
photo photo

Muhammad Ali merosxo'ri yurishini boshladi. Nabiraning boksdagi debyuti: bobosining 1960-yillardagi kiyimini kiyib ringga ko'tarildi va raqibini 70 soniyada nokaut qildi

25.08.2021 09:34    


Rasmni yuklab olish

Muhammad Ali merosxo'ri yurishini boshladi. Uni nabirasining boksdagi debyuti: bobosining 1960-yillardagi kiyimini kiyib ringga ko'tarildi va raqibini 70 sekundda nokaut qildi

Afsonaning uslubida nishonlangan g'alaba


Niko Uolsh-21 yoshda, Oklaxomada bo'lib o'tgan boks kechasining asosiy jangida qatnashdi. Agar uning ism va familiyasi o'rtasida Aliga tegishli birorta so'z bo'lmaganda, balki unga hech kim etibor bermagan bo'lar edi. Bob Arum Muhammad sulolasining davomchilarini shunchaki o'tkazib yubora olmasdi: 50 yil oldin afsonaviy bokschining targ'ibotini boshladi, endi esa uni nabirasining debyutini tashkil qildi. Niko juda kamtar, biroq muvaffaqiyat uchun nima kerakligini aniq biladi: ajoyib shou ko'rsatib, afsonaga aylangan bobosining harakatlarini qaytardi, shuningdek, professional faoliyatidagi birinchi jangi birinchi raunddayoq nihoyasiga etdi.

Qodirov Nikoni professional bo'lishga tayyorlanishni boshlaganda CHechenistonga chaqirdi. Ali Grozniyda jang qilishga umid qilayotganini aytdi.
Niko Uolsh Muhammad Rashidning qizining farzandi. U 2000-yilda tug'ilgan, Alining faoliyatini tugatganiga 19 yil bo'lgan edi, lekin Niko hayotini baribir boks bilan bog'ladi. Uolsh bobosiga bokschi bo'lishni istayotganini aytdi va keyin unga sparing videolarini ko'rsatdi.

Niko: “U yagona bobom edi. Bu tonnalab mehr, etibor va sovg'a hisoblanardi. Juda ajoyib damlar bo'lgan.
Oxirgi yillarda gapirishga, yurishga,umuman, nimadir qilishga qiynalgan vaqtlarda u irodasini saqlab qola oldi hamda unga qaraganlarning barchasi buni ko'rdi. Bobom bilan vaqt o'tkazish juda yoqimli edi. Siz ham bobongiz va buvingiz bilan nimalar qilgan bo'lsangiz, biz ham xuddi shunday oddiy narsalarni birga qilganmiz”,-deb xotirlaydi.
Aynan Muhammad Nikoni boksni tashlashdan qaytardi. Uolsh havaskor sifatida hech qanday yutuqqa erisha olmadi, biroq Ali nabirasini davom ettirishga majburladi.

Nikoning o'zi bu haqida: “Agar Muhammadning duosini olmaganimda, boks bilan shug'ullanmagan bo'lar edim. 14 yoshdaligimda juda qiynalganman va mashg'ulotlarni to'xtatishni istaganman. Bobomdan buni so'raganimda, u ketishimga ruxsat bermadi. Meni qayta-qayta davom ettirishga undar edi. Har doim bobom qachondir meni ketishimga imkon beradi deb o'ylar edim, biroq bunday bo'lmadi”,-deb aytgan.


Uolsh 2020-yillarning boshida professional boks bilan shug'ullanishga qaror qilgan edi. O'sha yillarda Ramzan Qodirov afsonaning oila azolariga etibori tushdi va Rashidni, Nikoni hamda Biajioni Grozniyga taklif qildi. Muhammadning oilasi:

“Etibor uchun katta rahmat. SHu yilning oxirigacha professional boksga qatnashishni boshlayman. Qachonlardir CHecheniston Respublikasiga yoki Grozniyga yaqin biror joyda jangga qatnashishimga umid qilaman. Bu men uchun juda yaxshi tajriba bo'lar edi”,-deya javob qaytargan.

Pandemiya tufayli debyutni to'xtatib turishga to'gri keldi, shuning uchun Niko professional ringga 2021-yilning o'rtalarida chiqdi. Buni Bob Arum tashkil qildi. Niko bilan shartnoma tuzganidan so'ng Arum: “ Bu men uchun hozirgacha imkonsizdek tuyular edi, chunki afsonaning tashkilotchisi bo'lganimga 50 yildan ortiq bo'ldi, endi uning nabirasi Niko bizning shoumizda debyut qiladi. Bu men uchun katta sharaf”,-deb takidlagan.

Niko familiyasi sabab bosimni his qiladi, biroq buni engishni uddasidan chiqyapti. U birinchi jangida Muhammadning kiyimida chiqdi, g'alabasini esa uning uslubida nishonladi
Nikoning debyuti kechaning asosiy jangiga aylandi. Unga raqib sifatida Jordana Uiks tanlangan edi. Jangdan oldin Nikodan asosan bobosi haqida so'rashdi.
Niko: “ Balki baxtimgadir, balki yo'q, hayotim davomida bu bosim bilan yashayman. Boks, maktab yoki shunga o'xshagan narsa bo'ladimi, meni har doim bobom bilan taqqoslashadi. Men ham u shug'ullangan sport turini tanlaganim uchun,shubhasiz, taqqoslashlar ko'p bo'ladi. Biroq har bir jangchida o'ziga yarasha bosim bo'ladi. SHuning uchun men bunga boshqalardek ko'p etibor qaratmayman. Hamma meni bobom bilan solishtirishadi, buni juda hurmat qilaman. Unga o'xshashni orzu qilaman, lekin hech kim Muhammaddek bo'la olmaydi. Men ham unga o'xshamayman va hech kim hech qachon unga o'xshay olmaydi”,-deb aytgan.

Birinchi jangdan oldin Niko diqqatini bir joyga to'plash u uchun juda muhumligini va shu sababli hech qanday kechalarga hamda jamoaviy yig'inlarga bormasligini aytgan. U boksdagi 90 foiz g'alaba psixalogiyaga bog'liq deb hisoblaydi, shuning uchun doimo diqqatini o'z maqsadiga qaratadi.
Bobosining o'ziga sovg'a qilgan kiyimda Uiksga qarshi ringga ko'tarildi. Raqibi bir raund ham bardosh bera olmadi: Niko to'xtovsiz zarba berib, 70 sekundda jangni yakunladi. Hakam jangni to'xtatdi hamda texnik nokaut bilan Uolsh g'alabani qo'lga kiritdi.

Muhammadning nabirasi muvaffaqiyatini bobosining uslubida nishonladi.

Bunday keyin ko'pchilikning etibori Nikoda bo'ladi va uning o'zi ham bunga tayyor:“Men aniq va qatiyatli bo'lib vazifamni bajardim. Buni chin yurakdan xohlagan edim. Intilishda davom etaman. O'zimdan juda faxrlanaman”,-deb aytgan.

Sport.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: