SportUz.Net
photo photo

Tokio-2020: Medallar jamg'argan davlatlar haqida qiziqarli faktlar

09.08.2021 14:00    


Rasmni yuklab olish

Insoniyat tarixida eng uzoq kutilgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari ham o'z poyoniga etdi.

Unda medallar jamg'arish bo'yicha bir qator qiziqarli faktlarga guvoh bo'lish mumkin. Ushbu maqolada ulardan ayrimlarini etiboringizga havola qilamiz.

Avvalo, shuni alohida takidlab o'tish joizki, Yaponiya hukumati yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramasdan ushbu Olimpiadani o'tkazishni zimmasiga oldi va uni yuqori saviyada tashkil qildi. Garchi arenalarga muxlislar kiritilmagan bo'lsa ham, yapon xalqi Tokio ko'chalarida Olimpiyachilarimizni qo'llab-quvvatlab, ulardan dastxat olib turishi, esdalik uchun suratga tushishi, atletlarimizga bo'lgan etibori katta ahamiyat kasb etdi.

Bermuda orollari, Filippin, Qatar davlatlari ilk bor Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdi

Burkina-Faso, San-Marino, Turkmaniston mamlakatlari ilk bor Olimpiya o'yinlarida medal oldi.

Erkaklar o'rtasida balandlikka sakrash dasturida 2 atlet birgalikda eng yaxshi natijani qayd etishgani uchun har ikkilariga oltin medal topshirildi. Bunday vaziyatda reglamentga ko'ra, kumush medal berilmadi.

Ushbu Olimpiadada 93 mamlakat medal oldi, ularning 65 tasi esa oltin medalga sazovor bo'ldi.

Qozog'iston o'z tarixida ilk bor oltin medal qo'lga kirita olmadi.

Delegaciyamiz 5 sport turida 5 ta medal jamg'ardi.

Mamlakatimiz medallar sifati bo'yicha (3 ta oltin, 2 ta bronza) Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Eron kabi etakchi sport derjavalaridan keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qo'mitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi natijaga erishdi.

Yuqoridagi rasmda:

Oltin rangda: Oltin medal olgan davlatlar

Kumush rangda: Kumush va bronza medal olgan davlatlar

Bronza rangda: Bronza medali olgan davlatlar

Moviy rangda: Medalsiz ortga qaytadigan davlatlar

Qizil rangda: Ishtirok etmagan davlatlar:

Quyida bir qator mamlakatlarning medal jamg'arish bo'yicha statistikasi berilmoqda:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: