SportUz.Net
photo photo

Nurmagomedov Emelyanenko bilan bitta darajada turishini aytdi. Aslida ham shundaymi?

16.07.2021 15:34    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov ESPN'ga bergan intervyusida o'zini MMA afsonalari Fedor Emelyanenko, Anderson Silva, Jon Jons va Jorj Sen-Per bilan bitta darajada ekanligini aytdi.

Bu intervyudan so'ng ko'plab MMA muxlislari va mutaxassislari Emelyanenko va Nurmagomedovni solishtirishni boshlab yubordi.

Buyuk meros

O'tgan yilning yozida AQSHning eng katta teleradiosetlaridan biri Columbia Broadcasting System (CBS) barcha davrlarning eng kuchli MMA jangchilarini ro'yxatini elon qildi. Bu ro'yxatda albatta Xabib va Fedor o'rin egallashdi. "So'nggi Imperator" ro'yxatning to'rtinchi pog'onasidan joy olgan bo'lsa, "Burgut" esa oltinchi o'rinni egalalgan. Dastlabki uch o'rindan esa, Jon Jons, Anderson Silva va Jorj Sen-Per joy olishgan.

Hech kimga sir emaski, Emelyanenkoning janglarini ko'rib katta bo'lgan. Hattoki, u 2013 yilda Fedorni barcha davrlarning eng kuchli jangchisi deb atagan. Biroq u vaqtlarda Xabib hali UFC chempion bo'lmagan va rekordi ham 29-0 emas edi. SHuningdek, bu yilda MMA olami boshqa bir afsona Jorj Sen-Per haqida gapirishni boshlagandi. Lekin Xabib baribir Emelyanenkoning muxlisi bo'lib qolaverdi.

Xabib afsonasining jangini ilk bor jonli tarzda 2016 yilda ko'rishga erishdi. Xabib nima uchun Emelyanenko bu darajada muxlislik qilishi deyarli aniq. CHunki aynan Fedor Rossiyada MMA sportini omallashiga sababchi bo'lgan.


Fedor Emelyanenkoning faoliyatiga nazar

Fedor 2000 yildan beri janglarda ishtirok etib keladi. Professional darajada esa 20 yoshidan beri harakat qiladi. SHuningdek, Emelyanenkoning jang qiladigan vazni ham juda muhim. CHunki og'ir vazn doim MMAda asosiy vazn hisoblangan. Bu erda mag'lubiyatsiz faoliyatini yakunlash juda ham qiyin. CHunki bitta zarba barchasini o'zgartirib yuboradi. Fedor Xabibdan farqli ravishda juda katta yoshda ham jang qilishda davom etmoqda. U faoliyati davomida 39 ta jangda g'alaba qozongan va oltita bahsda esa mag'lubiyatga uchragan. Etiborlisi, mag'lubiyatlarining beshtasini 2010 yildan so'ng qabul qilib olgan. Bu degani Emelyanenkoning mag'lubiyatlarini asosiy qismi 34 yoshdan o'tganidan so'ng sodir bo'lgan. Agar "So'nggi Imperator" ham Xabib singari vaqtli faoliyatini yakunlaganda uning rekordi 31-1 bo'lgan bo'lardi.

Fedor UFC kamarini qo'lga kiritmagan degan gap so'zlarni ham ishlatish mumkin. Ammo uning davrida Yaponiya promoshuenlari UFC'ning darajasidan ancha katta bo'lganligini ham hisobga olish kerak.

Fedor o'zidan buyuk avlodni ham qoldirdi.

Uning shogirdlari allaqachon Bellator'ni zabt etishni uddalashdi. SHuningdek, Emelyanenko Xabibdan faqrli ravishda istalgan uslubda jang qilish qobiliyatiga ham ega bo'lgan.

Xabib mukammal natijaga erishgan

Xabib mukammal natijaga erishgan desak bo'ladi. CHunki hammaga ham faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlash nasib etmasligi aniq. Xabib faoliyatidagi 29 jangning barchasida g'alaba qozongan, so'nggi asosiy to'rtta raqibini esa muddatdan avval mag'lub etgan.

Xabib Emelyanenkodan faqrli ravishda 32 yoshida faoliyatini yakunladi va shu tariqa Fedorning xatosini qaytarmadi. Xabibning boshqalardan ustun tomoni har bir narsaga alohida etibor berdi va bu g'alaba kalitiga aylandi.

Agar natija haqida gapiradigan bo'lsak, Xabib barcha davrlarning eng yaxshilaridan biri, ammo u Fedor kabi katta avlod hali qoldirishga erishmadi.

Ko'pincha, Nurmagomedovni uzoq vaqt cho'qqida turishi mumkinligini isbotlamasdan ketgani uchun ayblashadi. SHuningdek, u atigi uchta himoya jangini o'tkazgani ham ko'pchilikka maqul kelmadi. Xabibning jang uslubi ham muxlisbop emasligi ko'p bora tanqid qilingan. U faoliyati davomida juda kam raqiblarini nokaut qilishga erishgan.

Nima bo'lgan taqdirda ham Xabib Nurmagomedov va Fedor Emelyanenko MMA afsonalaridan biri bo'lib qolishi aniq.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: