SportUz.Net
photo photo

Bu qiziq! Afsonaviy Taysonning ajoyib avtomobillari (FOTO)

30.06.2021 20:34    


Rasmni yuklab olish

O'z vaqtida Mayk Taysonning "garaji"ni Rolls-Royce, Ferrari, Mercedes kabi ajoyib mashinalar bezab turardi.

U o'z faoliyatining cho'qqisiga kelganida katta gonorarlar olardi. 

"Temir Mayk" raqiblari bilan o'tkazgan janglari evaziga 80-, 90-yillarda 200 million funtdan ortiq mablag' ishlagan. 



Lekin shunga qaramay, Tayson 2003 yilda bankrot bo'lganini elon qiladi. 

Ammo u pullarini ko'kka sovurishdan oldin ajoyib avtomobillar kollekciyasini to'plagandi. 


Limuzin

Tayson 1985 yilda prof boksda debyut qilgan. 19 ta g'alabadan so'ng dastlabki to'plagan puliga Cadilac Eldorado sotib olgan. 


Oradan vaqt o'tib bokschi yana bir shunday markadagi mashina xarid qiladi - Cadillac Seville. Hozirgi kunda bunday avtomobillarning narxi taxminan 20 ming funt atrofida bo'ladi. 

 


Rolls-Royce

1986 yilda Mayk Jeyms Smitni mag'lub etib, WBA kamarini qo'lga kiritadi. O'sha erning o'zida u Manxettenga borib, sotuvchidan Rolls-Royce avtomobiliniing narxini so'raydi. Lekin uning menejeri Jim Jeykobs Taysonni ushbu mashinani xarid qilmay turishga ko'ndiradi. 

Jim bokschidan 21 yoshgacha kutishni so'radi. Aks holda bunday xaridlar uning boshini aylantirib qo'yishi mumkin edi. 

Tayson bunga rozi bo'ldi va 21 yoshga to'lgan kuni o'ziga 110 ming funt turadigan Rolls-Royce Silver Spur mashinasini sovg'a qildi. 



1987 yilda Toni Taker taslim etilib, IBF kamari qo'lga kiritilgach, u o'z kollekciyasiga Rolls-Royce Corniche mashinasini (150 ming funt) qo'shib qo'ydi. 




Don King

O'sha vaqtlari Tayson taniqli promouter Don King bilan shartnoma tuzadi. King o'z to'riga "yirik laqqa baliq" ilinganini sezib turardi. U 1988 yilda Mayk bilan yanada yaqinlashish maqsadida Rolls-Royce qora limuzini va Corniche avtomobillarini sovg'a qiladi. 



SHu tariqa, 22 yoshli Taysonning hisobida Rolls-Royce'lar soni to'rttaga etgandi. 


Mercedes-Benz va Tupak

90-yillarga kelib Tayson shou-biznesdagilar bilan aloqa o'rnata boshladi. U shovqinli gollivud kechalariga tashrif buyurardi, mashhurligidan zavq olardi. 

Uning yangi do'stlaridan biri Tupak SHakur Taysonni yana bir yirik xaridni amalga oshirishga undadi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, mashhur reper bokschiga o'zining oq rangli Mercedes-Benz SL-Class 560SL mashinasini sotdi. 




Oradan bir necha oy o'tib Tayson kutilmaganda Jeyms Duglasga yutqazib qo'ydi. SHundan so'ng u biroz ko'nglini ko'tarish maqsadida Mercedes-Benz 500 SL mashinasini sotib oldi. 


Mashina salonining ichida o'sha payt uchun shov-shuvli bo'lgan vosita - mobil telefoni ham bor edi. 


Va albatta Ferrari!

90-yillar boshlanishi Tayson uchun omadsiz keldi. Duglasdan uchralgan mag'lubiyat kamlik qilganidek, Maykni zo'ravonlikda ayblab qamab qo'yishdi. Bokschi uch yildan so'ng ozodlikka chiqdi va tezda WBC kamarini qo'lga kiritdi. 

Endi u etiborini Ferrari mashinalariga qaratishni maqul ko'rdi. 1995 yilda u birdaniga ikkita superkar - F50 va 456 GT Spyder mashinalarini sotib oldi. 



Qizig'i shundaki, italyan firmasi bunday GT Spyder mashinasini bor-yo'g'i ikki dona chiqargan. Ikkinchi mashinani Bruney sultoni buyurtma qilgandi. 

Tayson Ferrari'lardan birini tezda dabdala qildi - u mini-marketlardan biriga borib urildi. 


Lamborghini va Bentley

1996 yilda Mayk o'zining birinchi Lamborghini mashinasini - sariq rangli Super Diablo Twin Turbo avtomobilini sotib oldi. O'shanda Tayson ushbu mashinani do'sti Tupakning o'limidan o'zini biroz chalg'itish uchun sotib olganligi haqida gap-so'zlar chiqqandi. 



Keyinroq esa Tayson Bentley Continental T nomli "toychoq"ni o'ziniki qilib oldi. 



2000 yilda esa u o'z kollekciyasiga Lamborghini Diablo VT va Jaguar XJ220 avtomobillarini qo'shib qo'ydi. 



U shuningdek Bentley Continental SC mashinasiga 380 ming funt sterling sarfladi. Bunday mashinalar dunyo bo'ylab 73 dona chiqarilgandi. 


Qayg'uli yakun

Vaqti kelib Taysonning bokschilik faoliyati pastga qulay boshladi. Ammo shunga qaramay u shohona hayot kechirardi va pullarni oldi-ortiga qaramay sarflashda davom etdi. 2003 yilga kelib esa u o'zini bankrot deb elon qilganida ko'pchilik hayron bo'lgani yo'q. 

Afsuski, Tayson avtomobillar kollekciyasini o'zida saqlab qola olmadi. Avtomobillarning bazilari kollekcionerlar, yana bir nechasi muzeylarga yo'l oldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: