SportUz.Net
photo photo

Tavsiya qilamiz! Jokovich tarixdagi eng buyuk tennischi. Yangi dalillar bilan

15.06.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

Novak Jokovich bir necha yildirki, maqsadi barcha rekordlarni yangilash va tarixdagi eng buyuk tennischi sifatida faoliyatini yakunlash ekanligini ochiq aytmoqda.

Va uning foydasiga ishlaydigan ko'rsatkichlar tobora ko'payib bormoqda.

“Rolan Garros”da g'alaba qozonganidan so'ng, u «Ochiq era»da (1968 yildan beri, professionallar «Katta Dubulg'a» da o'ynashga ruxsat berilgandan keyin) barcha “Ulkan Toj” musobaqalarida kamida ikki marta g'olib chiqqan ilk tennischiga aylandi. U Austrlian Open`da to'qqiz marta, Uimbldonda besh marta, US Open`da uch bor va "Rolan Garros"da ikki marotaba chempionlikni tantana qilgan.


Umuman erkaklar tennisining tarixiga nazar solinsa, Roy Emerson va Rod Laver barcha “Katta Dubulg'a” turnirlarini ikki martadan yutishgan.

Hozirda Jokovichda jami “Katta Dubulg'a”dagi 19 unvon bor va u Rojer Federer va Rafael Nadaldan atigi bitta unvon ortda. U boshqa hech qanday unvonni yutmasligini tasavvur qilish juda qiyin. Deyarli imkonsiz. Ehtimol, rekord u bilan qolar.

Bu yil serbiyalik tennischi Federerga tegishli bo'lgan reytingning birinchi qatoridagi haftalar soni bo'yicha rekordini yangiladi (Jokovichda 324, Federerda esa 310 hafta ). Va kamida "Uimbldon" oxirigacha hech kim uni birinchi o'rindan tushirib yuborolmaydi.



O'tgan yili Novak Pit Samprasning rekordini yangilab, mavsumni oltinchi marta 1-raqamli tennischi bo'lib yakunladi.                                                                       

2019 yilda Jokovich to'qqizta “Masters” turniri g'olibiga aylandi. O'tgan yili u bu natijani yanada yaxshiladi. U Cincinnati turnirida ikkinchi marta chempionlikni qo'lga kiritdi va barcha “Masters” turnirlarini ikki martadan yutgan birinchi tennischi bo'ldi. To'g'ri, Cincinnati o'tgan yili Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan, ammo bu haqiqatan ham tarix uchun muhimmi?

Va “Rolan Garros”da g'alaba qozonganidan so'ng, Jokovich 60 ta asosiy unvonga ega bo'ldi (Dubulg'alar, Masterslar...). Bu ko'rsatkich Nadalda 57, Federerda 54 ta.

”Rolan Garros” finalida Jokovich Cicipasga qarshi TOP-10 tennischi ustidan 222-g'alabasini qo'lga kiritdi. SHubha yo'qki, Jokovich yaqin yillarda Federerga qaraganda o'nlab uchrashuvlarda ko'proq g'alaba qozonadi.

Gap “Katta Uchlik”dagi raqobatchilar haqida ketar ekan, Jokovich hanuzgacha ikkalasi bilan o'yinlarda g'alaba qozonish bo'yicha ham peshqadam. Federerga qarshi o'yinlardagi hisob - 27:23. Nadalga qarshi esa - 30:28.

Nadal “Rolan Garros”dagi o'yinida hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo uning o'rniga Jokovich o'zini eng zo'r qilish uchun yana bir natijani qo'shib qo'ydi. U faoliyati davomida “Rolan Garros”dagi turnirlarda Nadal ustidan 8-g'alabasini qo'lga kiritdi.


Nadal o'zining eng sevimli musobaqasida Novakga yutqazayotgan bo'lsa, Federer Uimbldonda 3:1 hisobida oldinda bormoqda. To'g'ri, barcha g'alabalar Federer 30 yoshga to'lgandan keyin qo'lga kiritildi.

Aytgancha, 30 yoshga to'lganidan keyin Jokovich ettinchi “Katta Dubulg'a”ni qo'lga kiritdi. Bu ham rekorddir. Nadalda oltita, Federerda to'rtta.


XXI asrda faqat ikki marotaba bitta tennischi mavsumning dastlabki ikkita “Ulkan Toj” turnirini qo'lga kiritgan - ikkala safar ham bu tennischi  Jokovich edi. SHunday qilib, endi u “Katta Dubulg'a” taqvimini to'liq o'zlashtirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega. Agar u buni rasmiylashtirsa, unda eng katta tortishuvlar aniq yopilishi mumkin.

Xorijiy sayt asosida Xurshida Abikulova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: