SportUz.Net
photo photo

Futbolchilar talqiniga ko‘ra APLning 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

07.06.2021 10:31    


Rasmni yuklab olish

Angliya Professional futbolchilari assosiasiyasi (PFA) Premer Liganing 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.

Futbolchilar talqiniga ko‘ra «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. U bu yo‘lda Ilkay Gundo‘g‘on, Ruben Diash, Fil Foden (uchalasi — «Manchester Siti»), Harri Keyn («Tottenhem») va Brunu Fernandeshni («Manchester Yunayted») ortda qoldirdi.

Manchester klubining yana bir futbolchisi Fil Foden esa mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga loyiq ko‘rildi. 21 yoshli yarim himoyachi APL tomonidan ham mana shunday mukofot bilan taqdirlangandi.



Kevin de Bryuyne o‘tgan mavsumda 25 o‘yinda 6 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, Foden 28 bahsda 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: