SportUz.Net
photo photo

Italiya terma jamoasi ilk marta bunday natija qayd etdi

05.06.2021 09:31    


Rasmni yuklab olish

Italiya terma jamoasi Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alaba Roberto Manchini jamoasi uchun ketma-ket sakkizinchi g‘alaba bo‘lib, ular mazkur bahslarda birorta ham gol o‘tkazib yuborishmadi. Bunday holat "skuadro adzurra" tarixida ilk marta yuz berdi.

Italiyaning mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi esa 27ta uchrashuvga yetdi. Milliy jamoaning rekordi 30ta o‘yindan iborat bo‘lib, ushbu natija 1939 yilda qayd etilgan.

Bu borada jahon rekordi Ispaniya terma jamoasiga tegishli bo‘lib, "qizil furiya" 2007-2009 yillar oralig‘ida ketma-ket 35ta bahsda yutqazmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: