
Angliya Premyer Ligasi 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra yakuniy ro‘yxatdan 5 nafar mutaxassis o‘rin oldi. Bular: Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted»), Brendan Rodjers («Lester»), Devid Moyes («Vest Hem») va Marselo Byelsa («Lids»).
Gvardiola «Manchester Siti» bilan Premyer Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Sulsher «Manchester Yunayted» bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Rodjersning «Lester»i beshinchi pog‘onani band etib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Moyes boshqaruvidagi «Vest Hem» oltinchi pog‘onani egalladi. O‘tgan mavsumda yuqori divizionga chiqqan «Lids» esa Marselo Byelsa bilan 59 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinni egalladi.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan katta intervyu