SportUz.Net
photo photo

Gvardiola – Angliyada ushbu mavsumning eng yaxshi murabbiyi

25.05.2021 09:31    


Rasmni yuklab olish

Menejerlar ligasi assosiasiyasi Angliyada mavsum-2020/2021ning eng yaxshi murabbiyi nomini e’lon qildi.

Ushbu sovrin «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiolaga nasib etdi. Ispaniyalik mutaxassis APLdagi faoliyati davomida ikkinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi. Ilk marta u mavsum-2017/2018da eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda «Siti» Premyer-ligada g‘olib chiqib, Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Yevropa chempionlar ligasi finalida «Chelsi» bilan to‘qnash keladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: