"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 36-turi doirasida "Sassuolo"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda (3:1) bitta gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchining turinliklar safidagi gollari soni 100taga yetdi.
"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, Ronaldu "keksa sinyora" safida yuzlik dovonni eng tez zabt etgan o‘yinchiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi ushbu maqsadga 3ta mavsumda erishdi.
Roberto Badjo va Omar Sivori "Yuve" safida 100ta gol urishi uchun 4ta mavsum kerak bo‘lgan bo‘lsa, Mishel Platini bu ishni 5ta mavsumda uddalagan.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi