«Los-Anjeles» hujumchisi Karlos Vela MLS'da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi ekani ma’lum bo‘ldi. Meksikalik futbolchining yillik maoshi 6,3 mln. dollarga teng.
Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini «Los-Anjeles Gelaksi» forvardi Xavyer Ernandes band etdi — 6 mln. dollar. «Inter Mayami» hujumchisi Gonsalo Iguain kuchli uchlikka kirdi — 5,79 mln. dollar.
Vela MLS muntazam chempionatining joriy mavsumida bor-yo‘g‘i 7ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi. U «Los-Anjeles» safida umumiy hisobda 81ta o‘yin o‘tkazib, 62ta gol va 25ta assist muallifiga aylangan. 32 yoshli futbolchining o‘z klubi bilan shartnomasi 2021 yil oxirida yakunlanadi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"