SportUz.Net
photo photo

Superligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

01.05.2021 00:00    


Rasmni yuklab olish

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolayotgan aprel oyida Superligada 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

 

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 2 ta o‘yin, 2 g‘alaba

Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) – 3 ta o‘yin, 3 g‘alaba

Mikael Sekeyra (“Lokomotiv”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Jasur Abduraimov (“Metallurg”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba.

 

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

 

Eren Derdiyok (“Paxtakor”) – 2 o‘yin, 2 gol

Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 4 gol

Dragan Cheran (“Paxtakor”) – 2 o‘yin, 2 gol

Marko Stanoyevich (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 4 gol

Husain Norchayev (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 2 gol

Diyor Turopov (“Lokomotiv”) – 3 o‘yin, 2 gol.

 

Aprel oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

 

Shohruh Gadoyev (AGMK – “Navbahor” uchrashuvida)

Marko Stanoyevich (“Nasaf” – “Turon”)

Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”)

Marko Stanoyevich (“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidagi birinchi goli)

Ayubxon No‘’monov (“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”)

Jasur Hasanov (“So‘g‘diyona” – “Mash’al”)

Akmal Mozgovoy (“Nasaf” – “Surxon” uchrashuvidagi birinchi goli)

Marko Stanoyevich (“Nasaf” – “Surxon”).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali aprel oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: